“O`zbekneftgaz” Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, jamiyat Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshiriqlariga asosan, Moliyaviy va komplaens nazorati departamenti tomonidan tizim korxonalarida mablag`larni samarali ishlatilishi, to`lov intizomiga rioya qilinishi, shuningdek, ularning moliyaviy ahvolini yaxshilash, sog`lomlashtirish maqsadida o`rganish va amaliy yordam ko`rsatish ishlari olib borilmoqda.
Navbatdagi profilaktik o`rganishlardan biri tizimning ishlab chiqarish jarayonida eng ahamiyatli bo`g`inlardan biri bo`lgan “O`zneftgazquduqta`mirlash” AJda amalga oshirildi.
O`rganish jarayonlarida, Jamiyat rahbariyati va mutasaddilari tomonidan faoliyatini boshqarishda sustkashlikka yo`l qo`yilganligi, jamiyatda ish jarayonini to`g`ri tashkil qilinmaganligi, har bir rahbar va ma`sul xodimlar o`zlariga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganliklari va jiddiy yondoshmaganliklari oqibatida bir qator xato-kamchiliklarga yo`l qo`yilgan.
Hususan, jamiyatda ayrim tovar moddiy boyliklarini bozor kon`yukturasini chuqur taxlil qilmasdan harid qilinishi, qarzdorliklarni kamaytirish bo`yicha lozim darajada ish olib borilmaganligi, ishlab chiqarish jarayonini texnikalar, mutaxassislar va materiallar bilan ta`minlashda uzilishlarga yo`l qo`yilganligi, kadrlar siyosati va mehnati intizomini bo`shashtirib yuborilganligi, hisob-hisobot, iqtisodiy taxlil ishlarini lozim darajada yuritilmasligi, jamiyat mulkini to`g`ri saqlanishida e`tiborsiz munosabatda bo`linishi shular jumlasidandir. O`z navbatida esa bunday holatlarga yo`l qo`yilishi o`z navbatida jamiyatning moliyaviy va ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini, sur`atlarini pasayishiga, moddiy-texnika bazasini zaiflashishiga, manfaatlar to`qnashuvi hamda moddiy va moliyaviy manfaatdorlik xatarlarini oshishiga sabab bo`lgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aniqlangan salbiy holatlarni bartaraf etish, xatolikka yo`l qo`ygan shaxslarga tegishli choralarni ko`rish, shuningdek, Jamiyatni moliyaviy sog`lomlashtirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, me`yoriy-huquqiy faoliyatini tartibga solish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash va kelgusida bunday salbiy holatlarga yo`l qo`yilishini oldini olish maqsadida, “O`zbekneftgaz” AJ rahbariyati va “O`zneftgazquduqta`mirlash” AJ Kuzatuv kengashi tomonidan qat`iy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “O`zneftgazquduqta`mirlash” AJ Kuzatuv Kengashining joriy yilning 14 avgustidagi qaroriga asosan jamiyat bosh direktori A.Normatov o`z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, chora-tadbirlar doirasida jamiyatni moliyaviy sog`lomlashtirish, to`lov qobiliyatini mustahkamlash, qarzdorliklarni kamaytirish, ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini sifatli, kafolatli ijrosini ta`minlash, vazifalariga noloyiq bo`lgan mas`ul xodimlarni kelgusida bu yoki boshqa lavozimlarda ishlash imkoniyatlarini ko`rib chiqish va jamiyat boshqaruv bo`g`inlariga sog`lom fikrli zamonaviy islohatlarga qodir mutaxassislarni jalb etish bo`yicha asosiy vazifalar belgilab olindi.






