"Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta`minlash, neft-gaz tarmog`ini moliyaviy sog`lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko`ra, YPX xodimi yo`l harakati qatnashchilariga ularni to`xtatish sababini tushuntirishga majbur.
YPX xodimi tomonidan transport vositasi hujjatlarni tekshirish uchun to`xtatilganda, faqat ushbu hujjatlarni tekshirish jarayonida aniqlangan qoidalar buzilishi bo`yicha choralar ko`radi.
Qoida buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda, YPX xodimi haydovchiga dastlab sodir etgan qoida buzilishini tushuntirib, shundan so`ng hujjatlarni tekshirib, tegishli choralar ko`rishi mumkin.






