Bu haqda deputat Rasul Kusherbaev ma`lum qildi.
"Yaqinda “Mening fikrim” veb-portalida “Avtotransport vositasining sug`urtasi yo`qligi yoki texnik ko`rikdan o`tmaganligi tufayli jarima maydoniga qo`yish amaliyotini bekor qilish haqida”gi taklif 10 000dan ortiq ovoz olgan edi.
Ushbu taklif Nizomga muvofiq Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ko`rib chiqilib, deputatlar tomonidan uni amalga oshirish maqsadida Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga tegishli o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish bo`yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Qonun loyihasida transport vositalari egalarining o`z fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilmaganligi (yoki DYHXX xodimi so`ragan vaqtida yonida bo`lmaganligi) uchun transport vositasini jarima maydonida majburiy ushlab turish amaliyotini bekor qilish nazarda tutilmoqda.
O`rganishlar horijiy davlatlarda xususan Germaniya, Angliya, Rossiya Federasiyasi, Belarus Respublikasi, AQShning bir qator shtatlarida fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha sug`urta polislari bo`lmasa, ma`muriy jarimalar belgilangan bo`lib, biroq transport vositasini ushlab turish ko`rsatilmaganligini ko`rsatmoqda.
Qonun loyihasi tez orada Qonunchilik palatasining yalpi majlisida ko`rib chiqiladi",
-deya yozib qoldirgan Kusherbaev.






