AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O`rinboeva ishtirokidagi brifingda aholidan tushgan muhim savollarga javob qaytarildi.
Men 28 kun belgilangan tartibda karantinda bo`lganligim sababli ishga chiqa olmadim. Menga karantinda saqlanganim to`g`risida ma`lumotnoma berishdi. Ish joyim ma`lumotnomani faqatgini sababsiz ishga kela olmaganlikni tasdiqlashini aytdi. Shuningdek menga mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to`lanmaydi deyishdi. Bu qonuniymi?
— Prezidentning 2020 yil 19 martda “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta`sirini yumshatish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5969-son Farmoni qabul qilingan. Ushbu Farmonga ko`ra koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o`rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo`lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o`rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to`lanadi.






