AsosiyJamiyat

"Qamchiq" dovonida yo`lning bir qismida cho`kish kuzatildi

'"Qamchiq" dovonida yo`lning bir qismida cho`kish kuzatildi'ning rasmi

"Qamchiq" dovonida avtomobil yo`lining cho`kkan qismi ta`mirlanmoqda, deya xabar bermoqda IIV YHXBB Axborot xizmati.

A-373 "Toshkent-O`sh" xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo`lining 229-kilometrida, "Toshkent-vodiy" yo`nalishida yo`lning 50 metr qismi cho`kkanligi sababli ushbu masofada ikkita harakatlanish bo`lagi yopilgan holda ta`mirlash va sozlash ishlari olib borilmoqda.

Haydovchilar transport vositasida harakatlanishi uchun bitta bo`lak ochiq qoldirilgan. Ulardan o`rnatilgan yo`l belgilariga amal qilgan holda ehtiyotkor bo`lib harakatlanishlarini so`rab qolamiz.

 

    Boshqa yangiliklar