AsosiyJamiyat

Odam savdosidan jabrlanganlar to`g`risidagi axborot oshkor etilmaydi — yangi qonun

'Odam savdosidan jabrlanganlar to`g`risidagi axborot oshkor etilmaydi — yangi qonun'ning rasmi

“Odam savdosiga qarshi kurashish to`g`risida”gi Qonun (yangi tahrirda)(O`RQ-633, 17.08.2020 y.)  Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Huquqiy axborot kanalida ma`lum qilindi.

 Qonunga ko`ra, odam savdosidan jabrlanganlarga zarur yordam ko`rsatish hamda ularni himoya qilish, shuningdek ularning odam savdosiga qayta jalb etilishi xavfining oldini olish maqsadida identifikasiya qilinadi.

 Shuningdek, Qonunda odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitasiya qilish va moslashuvini ta`minlash tartibi belgilanib, ular, jumladan, quyidagilarni o`z ichiga oladi:

- ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish davrida moddiy yordam ko`rsatishni;

-  vaqtinchalik uy-joy, oziq-ovqat, sanitari-gigiena vositalari bilan, zarur hollarda esa kiyim-bosh, poyabzal va boshqa zarur ashyolar bilan ta`minlashni;

-  ishga joylashishda, ta`lim olishda, kasbiy jihatdan yo`naltirishda va kasbga tayyorlash hamda qayta tayyorlashda yordam ko`rsatishni;

- ijtimoiy jihatdan qayta integrasiyaga, shu jumladan qarindoshlarni izlashida yordam ko`rsatishni.

Shu bilan birga, odam savdosidan jabrlanganlar to`g`risidagi hamda ularga nisbatan sodir etilgan holatlar haqidagi axborot, shuningdek ko`rilgan xavfsizlik choralari to`g`risidagi ma`lumotlar oshkor etilmasligi belgilandi.

 

▫️Qonun rasman e`lon qilingan kundan e`tiboran 6 oy o`tgach kuchga kiradi

    Boshqa yangiliklar