Mutaxassislar koronavirusga chalingan 55 mingdan ko`proq bemorning kasallik tarixini o`rganib chiqishgan. Aniqlanishicha, koronavirusga chalinganlarda dastlab tana harorati ko`tarilishi, so`ngra yo`tal paydo bo`ladi. Shundan keyin bemorlarda mushaklarda og`riq, ko`ngil aynish va ichburug` kuzatiladi. Bu haqda kun yozmoqda.
Olimlarning ta`kidlashicha, ushbu yangilik shifokorlarga koronavirusni o`z vaqtida aniqlash va davolashda yordam beradi.
Avvalroq rossiyalik feldsher Anna Dmitrieva o`zining bemorlar bilan ishlash tajribasiga tayanib, hid sezish qobiliyati yo`qolganlarda deyarli 100 foiz holatda koronavirus aniqlanganini ma`lum qilgan.
Bundan tashqari, amerikalik olimlar koronavirusning yana bir noodatiy alomatini aniqlashgandi. Ularning ta`kidlashicha, uzoq davom etuvchi hiqichoq tutishi koronavirus infeksiyasidan darak berishi mumkin.






