AsosiyJamiyat

Endi reseptda dorining xalqaro patentlanmagan nomi bilan yozish shart. Bu nima degani?

'Endi reseptda dorining xalqaro patentlanmagan nomi bilan yozish shart. Bu nima degani?'ning rasmi

Cog`liqni saqlash vazirligining 2020 yil iyul oyidagi 121-sonli buyrug`iga ko`ra, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat`iy nazar barcha tibbiyot tashkilotlari  bemorga majburiy tartibda xalqaro patentlanmagan nom bo`yicha resept yozishi lozimligi belgilab qo`yildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda.

— Sodda qilib tushuntirsak, dori vositasi savdo nomi bilan yoki kimyoviy nomi bilan tibbiyot amaliyotida qo`llaniladi, – deydi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig`i Muhabbat Ibragimova. –  Bir xil tartibdagi va dori shakldagi  dori preparatlari, deylik, Germaniya, Hindiston yoki O`zbekiston ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan turlicha savdo nomlari bilan ishlab chiqarilgan bo`lishi mumkin. Ularning ta`siri bir xil bo`lgani holda, narxi va qadog`idagi savdo nomi bir-biridan farq qiladi.  

Reseptga dori preparatining xalqaro patentlanmagan nomi yozilishi talabi bazi bir davolovchi shiforkorlarning aynan bir firma mahsulotini aniq savdo nomi bilan bemorga  tayinlashi, dorixonalarning esa atay qimmat dori vositalarini bemorga sotishini oldini olishga qaratilgan.

Bu, o`z navbatida, bemorga imkoni va hamyoniga qarab ish ko`rishi, qimmat doriga mablag`i etmasdan tegishli muolajalarni oxirigacha qabul qilolmay qolishini oldini oladi. Bu tartib 2020 yil 1 iyuldan kuchga kirgan.

 

    Boshqa yangiliklar