Aholiga transport xizmati ko`rsatish sifatini yaxshilash maqsadida Qarshi shahriga Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan 30 dona zamonaviy avtobuslar olib kelinadi. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzaev bugungi yig`ilishda ma`lum qildi.
Ushbu avtotransport vositalarida yo`lovchilar uchun maksimal darajada qulayliklar yaratilgan. Jumladan, yumshoq o`rindiqlar, sovitgich vositalari, salondagi iqlim nazorati, mukammal xavfsizlik tizimlari shular jumlasidan.






