Joriy yilning 18 avgust sanasiga qadar Respublika umumta`lim maktablarining 1-sinfiga 578710 nafar o`quvchining hujjati qabul qilindi, bu esa joriy o`quv yili uchun qabul rejasining 90 foizi demakdir, deyiladi Xalq ta`limi vazirligi xabarida.
Shundan xalq ta`limi tizimidagi maktablarga 577304 nafar bola, boshqa vazirlik tasarrufidagi maktablarga 103 nafar va 1303 nafari nodavlat maktablarga qabul qilingan.
Joriy o`quv yilida xalq ta`limi vazirligi 650116 nafar o`quvchini qabul qilishni rejalashtirgan.
O`quvchilarning aksariyati, 96,4 foizi o`z mikrohududidan qabul qilingan (558140 nafar bola).
2020-2021 o`quv yili uchun qabul joriy yilning 25 avgustiga qadar davom etishini ma`lum qilamiz.
Eslatib o`tamiz, Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida ilk marotaba 1-sinfga boradigan o`quvchilarning hujjat topshirish jarayoni qabul.maktab.uz orqali onlayn navbat asosida amalga oshirilmoqda.






