AsosiyJamiyat

Ayni paytda O`zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar, zararlanganlar va vafot etganlar haqida ma`lumot berildi

'Ayni paytda O`zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar, zararlanganlar va vafot etganlar haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotiga ko`ra,  ayni paytga qadar mamlakatimizning 7 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 482 nafari sog`aydi.

Jumladan, bemorlarning 324 nafari Toshkent shahrida, 87 nafari Toshkent viloyatida, 34 nafari Samarqand viloyatida, 20 nafari Buxoro viloyatida, 8 nafari Surxondaryo viloyatida, 7 nafari Andijon viloyatida, 2 nafari Farg`ona viloyatida kasallikdan forig` bo`ldi.

Shunday qilib, ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 32 062 nafarga, sog`ayish ko`rsatkichi esa 88 foizga etdi.

2020 yil 18 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 36 352 (+252) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 222 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Samarqand viloyatida hamda 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 67 yoshli M.Yu. (ayol) hamda Angren shahrida yashagan 61 yoshli M.G. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytga qadar yurtimizda 32 062 (+482) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, sog`ayish ko`rsatkichi 88 foizga etdi.

Hozirda mamlakatimizda 4 048 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar