AsosiyJamiyat

Yunusobodda mahalla raisligiga o`tkazilgan saylov o`tmagan, deb topildi. Takroriy saylov bir oy ichida o`tkaziladi

'Yunusobodda mahalla raisligiga o`tkazilgan saylov o`tmagan, deb topildi. Takroriy saylov bir oy ichida o`tkaziladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Yunusobod tumani, “Adolat” mahalla fuqarolar yig`ini raisi lavozimi uchun o`tkazilgan saylov jarayonlari bilan bog`liq  videolavhalar muhokamalarga sabab bo`ldi. 

Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati ma`lum qilishicha , saylovda dastlab 6 nafar nomzod ko`rsatildi, keyinchalik nomzodlarning 2 nafari saylov jarayonida o`z nomzodini qaytarib olganligi sababli saylovda ishtirok etish uchun 4 nafar fuqaroning nomzodi qo`yildi.

 Tegishli komissiya qaroriga muvofiq belgilangan Vakillik normasi hududdagi saylash huquqiga ega 5629 nafar fuqaroning 12 foizi, ya`ni 675 nafar fuqaroni tashkil etdi.

 Saylov jarayonida “Adolat” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi, saylovda ovoz berish uchun ro`yxatga olingan 675 nafar fuqaroning 130 nafari, ya`ni umumiy saylovchilarning 18 foizi ishtirok etdi.  

O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) saylovi to`g`risida”gi Qonuni 25 moddasiga ko`ra, saylovda fuqarolar yig`inida ishtirok etuvchilar ro`yxatiga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kamrog`i ishtirok etganligi sababli saylov o`tmagan, deb topildi.

 Shu sababli “Adolat” mahalla fuqarolar yig`ini raisi lavozimiga takroriy saylov Qonun talablariga rioya etilgan holda bir oylik muddatdan kechiktirmasdan o`tkazish belgilandi.

    Boshqa yangiliklar