AsosiyJamiyat

Test sinovlari paytida abiturientlarning yaqinlari uchun alohida kutish joyi tashkil qilinmaydi

'Test sinovlari paytida abiturientlarning yaqinlari uchun alohida kutish joyi tashkil qilinmaydi'ning rasmi

 Test sinovlari paytida ota-onalar va ularning yaqinlari uchun alohida kutish joylari tashkil qilinmaydi, deb xabar bermoqda AOKA test.info.

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxruh G`iyosov ma`lum qildi.

30 avgust kunidan boshlab, test hujjatlari Davlat feld`egerlik xizmatining mas`ul xodimlari bilan hamkorlikda belgilangan manzillargacha patrul avtomashinalari yordamida, zaruriy maxsus vositalar bilan ta`minlangan ichki ishlar organi xodimlari tomonidan kuzatib boriladi.  

 Sinovga kelgan har bir abiturient tekshiruvdan o`tkaziladi. Shuning uchun abiturientlar o`zlari bilan ortiqcha narsalarni olib kelmasliklarini so`rab qolamiz. Faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo`lishi kerak. Abiturientlar suv, qalam, tegishli jihozlar, tibbiy niqob bilan ta`minlanadilar.  

Ota-onalar va yaqinlar uchun alohida kutish joylari tashkil qilinmaydi. Test o`tkaziladigan joylarga olib keluvchi avtomobil yo`llari kamida 1,5 km radius masofada beton to`siqlar yoki yuk avtotrasporti bilan to`siladi. Ushbu hududlarda harakatlanish vaqtincha cheklanadi. Fuqarolarni va avtotransport vositalarini to`planishiga yo`l qo`yilmaydi. Bularning barchasi zaruriy xavfsizlik choralari bo`lib, ularning bajarilishi qat`iy nazoratga olinadi.  

Abiturientlar test topshirish joylariga kamida 1 soat oldin kelishlari talab etiladi. Hozirda mahalliy xokimliklar tomonidan abiturientlar uchun alohida avtobuslarni tashkil etish masalasi ko`rilmoqda. Natijasi yuzasidan qo`shimcha ravishda axborot beriladi.

Qo`shimcha va o`zgarishlar haqida rasmiy manbalarda e`lon qilinib boriladi.  

    Boshqa yangiliklar