AsosiyJamiyat

Bugun respublikada 591 kishida virus aniqlandi, Toshkent shahri va viloyatida 5 bemor vafot etdi

'Bugun respublikada 591 kishida virus aniqlandi, Toshkent shahri va viloyatida 5 bemor vafot etdi'ning rasmi

Shu yilning 18 avgust kuni mamlakatimizda 591 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, barchasi tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Andijon, Navoiy hamda Farg`ona viloyatlarida jami 643 nafar bemor sog`aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 36 518 nafar bemordan 32 223 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4052 nafar bemordan 411 nafari og`ir, 125 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

 

    Boshqa yangiliklar