AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`iston SSV rahbari koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar rad etildi. Lekin u shifoxonada davolanmoqda

'Qoraqalpog`iston SSV rahbari koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar rad etildi. Lekin u shifoxonada davolanmoqda'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri Otajon Hamroev koronavirusga chalinmagan. Lekin u ayni vaqtda sog`ligidagi boshqa muammo tufayli shifoxonaga yotqizilgan.

Qoraqalpog`iston SSV matbuot xizmati vazir koronavirusdan kasallangani haqidagi xabarlarni rad etdi. deya yozdi "kun.uz"

Ma`lum bo`lishicha, vazir 18 kundan buyon davolanmoqda. Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari Kallibek Xudaybergenovning xabar qilishicha, vazirga bo`yin umurtqa grijasining og`ir holati tashxisi qo`yilgan.

«Vazir koronavirus yuqtirib olgani haqidagi xabarlar hech qanday asosga ega emas. Otajon Karimovichda bo`yin umurtqa grijasi bor va hozir davolanyapti.

Bu kasallikdan faqat operasiya yo`li bilan forig` bo`lish mumkin. Amaliyotni esa Nukusda qilishning iloji yo`q. Karantin choralari ancha yumshatildi. Endi yo`llar ochilsa, Toshkentda operasiya bo`lishi mumkin.

Davlat ishida ishlaydigan shaxslarning ham kasal bo`lishiga haqqi bor. Buni to`g`ri qabul qilish kerak», deydi vazir o`rinbosari.

Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqda Otajon Hamroev koronavirus bilan kasallangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Bu ma`lumotlarning tarqalishiga vazirning M.Erniyazov dafn marosimida ko`rinish bermagani va shundan keyingi ish jarayonlaridagi yig`ilishlarda ishtirok etmayotgani sabab bo`lgan.

Vazir bugun bo`lib o`tgan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining navbatdagi oltinchi sessiyasida ham ishtirok etmagan.

Ma`lumot uchun, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Prezidiumining 14 may kungi qarori bilan Otajon Karimovich Hamroev Sog`liqni saqlash vaziri etib tayinlangandi.

Eslatib o`tamiz, 30 iyul kuni Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida stasionar sharoitda rejali davolash muolajalarini olayotgani, bemorning ahvoli qoniqarli ekan haqida xabar berilgandi.

Keyinroq bosh vazirning ijtimoiy masalalar bo`yicha o`rinbosari Behzod Musaev zimmasiga Sog`liqni saqlash vaziri vazifasini vaqtincha bajarish yuklangani ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar