Jizzax avtomobil zavodi “Volkswagen Caddy” transport mashinalari bazasidagi tez tibbiy yordam avtomobillarining navbatdagi partiyasini Samarqand viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasiga va “O`zbekiston temir yo`llari” AJga taqdim etdi. Bu haqda "Uzavtosanoat" AJ xabar qilmoqda.
Yangi ambulanslar “Turin Invest Engineering” injiniring kompaniyasi mutaxassislari tomonidan jihozlangan va pandemiya davrida aholiga xizmat ko`rsatishga mo`ljallangan. avtomobillar O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi talablariga muvofiq barcha kerakli jihozlar bilan ta`minlangan.
“Volkswagen Caddy” avtomobillarining O`zbekistonda sotuvi joriy yil iyul oyi oxirlarida boshlangandi. Bugun modellarni “Folksvagen”, “Tashkent Autocentre” (sobiq “Sergeli Avtotexxizmat”) rasmiy avtosalonida xarid qilish mumkin (manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Obihayot ko`chasi, 39).






