AsosiyJamiyat

Surxondaryoda dahshatli YTH: 6 kishi halok bo`ldi, ular orasida 5 yashar va ikki oylik go`dak ham bor (foto)

'Surxondaryoda dahshatli YTH: 6 kishi halok bo`ldi, ular orasida 5 yashar va ikki oylik go`dak ham bor (foto)'ning rasmi

Joriy yilning 17 avgust kuni soat 16:00 larda, Surxondaryo viloyati, Jarqo`rg`on tumani “G`ur-G`ur” mahallasi hududidan o`tuvchi M-41 “Termiz-Jarqo`rg`on” avtomobil yo`lining 1591-kilometrida haydovchi 1990 y.t. U.A. “Cobalt” rusumli transport vositasida quvib o`tish qoidalarini buzib, boshqaruvni yo`qotishi oqibatida qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1993 y.t. S.N. boshqaruvidagi “Spark” rusumli transport vositasi bilan to`qnashib, YTH sodir etgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

YTH natijasida, “Spark” rusumli transport vositasi haydovchisi 27 yoshli S.N. va ushbu avtomobil yo`lovchisi 30 yoshli M.T. hamda “Cobalt” rusumli avtomobil yo`lovchilari 31 yoshli S.Sh. va 2020 yil iyun oyida tug`ilgan 2 oylik M.A.lar voqea joyida vafot etishgan.

Shuningdek, “Spark” rusumli avtomobil yo`lovchisi 26 yoshli G.X. va “Cobalt” rusumli avtomobil yo`lovchisi 5 yashar M.A.lar og`ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etishgan.

“Spark” rusumli avtomobil yo`lovchilari 30 yoshli N.X., 23 yoshli A.E.lar, “Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisi 30 yoshli U.A. va ushbu avtomobil yo`lovchilari 1 yoshli A.U., 23 yoshli M.R. hamda R.I.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jarqo`rg`on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Barcha yo`l harakati qatnashchilaridan yo`llarda harakatlanganda qoidalarga amal qilishlarini, o`zi va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz.

IIV YHXBB Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar