SSVning xabariga ko`ra, Uchtepa tumanida yashagan 79 yoshli M.K. (ayol) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 80 yoshli A.K. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 32 223 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (88 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 4 292 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 411 nafari og`ir, 125 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






