AsosiyJamiyat

Toshentda talab yuqori bo`lib ketgan “ENOX-4000 anti-Xa IU/0.4ml” dori narxini oshirib sotayotgan MChJ mas`ullari qo`lga olindi

'Toshentda talab yuqori bo`lib ketgan “ENOX-4000 anti-Xa IU/0.4ml” dori narxini oshirib sotayotgan MChJ mas`ullari qo`lga olindi'ning rasmi

Pandemiya sharoitida talab yuqori bo`lgan dori vositalarini qimmat sotayotgan MChJ mas`ullari ushlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “C.S.”, “F.M.”, “O”, “C.T.” va “N.F.” MChJlar mas`ullari va fuqaro I.N. noqonuniy daromad orttirish maqsadida o`zaro oldindan til biriktirib, “Koronavirus” pandemiyasi davrida aholi tomonidan talab yuqori bo`lgan “ENOX-4000 anti-Xa IU/0.4ml” dori vositasini narxini sun`iy ravishda oshirishib, fuqaro A.ga 156 quti dorini har bir qutisini 440 ming so`mdan hisoblab, jami 68,6 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 2-qismi bilanbilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar