2020 yil 18 avgust kuni soat 15.30 larda Urgut tuman Bahrin mahallasi hududidan o`tuvchi “Toshkent-Termiz” M-39 avtomobil yo`lining 1.114 km.da, Jomboy tumanida yashovchi haydovchi, 1999 y.t. A.D., boshqaruvida bo`lgan “ZIL” rusumli yuk avtomashinasi “Samarqand-Urgut” yo`nalishida harakatlanib kelib, qarama-qarshi yo`nalishdan harakatlanib kelayotgan haydovchi, Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan, 1971 y.t. Sh.A. boshqaruvida bo`lgan “Cobalt” rusumli avtomashina bilan to`qnashib, yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, “Cobalt” rusumli avtomashina haydovchisi Sh.A., ushbu avtomashina salonida bo`lgan yo`lovchilari, Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan, 1988 y.t. J.A., voyaga etmagan 2007 y.t. t.N. voqea joyida vafot etgan, 2015 y.t. B.I. Urgut tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo`limida vafot etgan, shuningdek, yo`lovchilari, 1991 y.t. F.M., 2017 y.t. B.A. va 1975 y.t. M.L. lar tan jarohati olib Urgut tuman Tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2020 yil Urgut tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yana bir bor yo`l harakati ishtirokchilaridan harakat xavfsizligi qoidalariga qat`iy amal qilishlarini so`raydi.






