O`zbekiston Respublikasi Prezident Farmoniga asosan, 2020/2021 o`quv yilidan boshlab respublika OTMlari talabalariga o`quv yili davomida teng ulushlarda kamida 4 marotaba o`qish uchun to`lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi. Bu haqda Davlat Test Markazi xabar qildi.
Shuningdek:
• OTMlarda asosiy mutaxassislikka aloqasi bo`lmagan fanlar soni 2 baravarga qisqartiriladi;
• O`zbekiston OTMlariga davlat granti asosida o`qishga qabul qilish bo`yicha kvota bosqichma-bosqich 2 baravarga oshiriladi;






