O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo`yicha huquqiy eksperiment to`g`risida”gi farmoniga muvofiq, Toshkent shahar hokimining jamoatchilik, mahalla va nuroniylar masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi.
Ushbu lavozimga Toshkent shahar Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Kalanov Rustam Abduhakimovich tayinlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.
R.Kalonov 2017 yildan 2020 yilgacha “Nuroniy” jamg`armasining Toshkent shahar Kengashi raisi, 2020 yildan Toshkent shahar hokimligi, mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.






