AsosiyJamiyat

Xorijiy OTMlarga o`qishga chorlovchi reklamalardan ehtiyot bo`ling

'Xorijiy OTMlarga o`qishga chorlovchi reklamalardan ehtiyot bo`ling'ning rasmi

Dunyoning TOP universitetlar ro`yxatiga kiritilgan”, “Bir necha o`n yillik tajribaga ega”, “100 dan ortiq fakultetlar mavjud va masofaviy ta`lim ham yo`lga qo`yilgan”;“O`zbekistonga hech qanday muammolarsiz o`qishni  ko`chirish (perevod) imkoniyati mavjud”. 

Bunday e`tibor tortar matnli reklamalarga ishonib qolmasdan, tegishli vazirlik va idoralardan ushbu taklif etilayotgan OTMlar haqda to`liq ma`lumot olish tavsiya etilmoqda. 

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Reklama bozorini tartibga solish boshqarmasining quyidagi ma`lumotlari xushyor bo`lishda as qotadi:

Ta`lim shakllari-“Ta`lim shakli: kunduzgi va masofaviy”, “Onlayn o`qish imkoniyati”

Ma`lumot o`rnida: !!! Hozirda O`zbekiston Respublikasida masofaviy ta`lim shakli mavjud emasligi sababli, xorijiy oliy ta`lim muassasalarining masofaviy ta`lim shaklida o`qigan talabalar o`qishini O`zbekiston Respublikasi OTM ko`chirishga RUXSAT ETILMAYDI (Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risida”gi nizom).

 

Ta`lim yo`nalishi– “Universitetda barcha yo`nalishlar mavjud”, “100 dan ortiq yo`nalishlar bor”, “100 dan ortiq fakultetlar mavjud va masofaviy ta`lim ham yo`lga qo`yilgan”

 

Ma`lumot o`rnida: !!! – Reklamalarda “barcha” so`zini ishlatish yoki “100 dan ortiq yo`nalish yoki fakultetlar mavjud” iboralaridan foydalanish taqiqlanadi (O`zbekiston Respublikasining “Reklama to`g`risida”gi qonunni 6-moddasi).

 

Universitet mavqei– “Dunyoning TOP universitetlar ro`yxatiga kiritilgan”, “Bir necha o`n yillik tajribaga ega”

Ma`lumot o`rnida: !!!“Reklama qilinayotgan xorijiy OTMlar quyidagi OTMlarning xalqaro reytingidan joy olmagan taqdirda: “Quacquarelli Symonds” Britaniya kompaniyasining dunyo universitetlari reytingi (universitetov mira QS britanskoy kompanii Quacquarelli Symonds), Times Higher Education (THE) dunyo universitetlari reytingi (mirovoy reyting universitetov Times Higher Education (THE), ARWU Shanxay dunyo OTM reytingi (Shanxayskiy reyting vuzov mira ARWU) bu kabi reklamani amalga oshirish taqiqlanadi.

Bu iboralarni “Quacquarelli Symonds” Britaniya kompaniyasining dunyo universitetlari reytingi, Times Higher Education (THE) dunyo universitetlari reytingi, ARWU Shanxay dunyo OTM reytingiga kiritilgan taqdirda ishlatish maqsadga MUVOFIQ HISOBLANADI.

O`qishni ko`chirib o`tish: “O`zbekistonga hech qanday muammolarsiz o`qishni ko`chirish (perevod) imkoniyati mavjud”, “2-kursdan so`ng muammolarsiz O`zbekiston oliy o`quv muassasalariga ko`chirib o`tkazishingiz (perevod) mumkin”;

Ma`lumot o`rnida: !!! Foydalanilgan iboralarda haqiqatga to`g`ri kelmaydigan so`zlar, ya`ni “muammolarsiz”, “hech qanday qiyinchiliklarsiz” ishlatilgan bo`lib, reklamada taqiqlanadi (O`zbekiston Respublikasining “Reklama to`g`risida”gi qonunni 6-moddasi).

Xorijiy OTMlaridan respublikamiz OTMlariga o`qishni ko`chirish muammolarsiz emas, balki maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida)ni ijobiy topshirgan taqdirdagina Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi;

Bunda talaba o`qishni olib borayotgan xorijiy davlatning OTM akkreditasiyasi mavjud bo`lishi lozim, aks holda oliy ta`lim muassasalarida yoki ularning filiallarida o`qigan yoki o`qiyotgan fuqarolarga o`qishini ko`chirish haqidagi arizasi RAD ETILIShIGA asos bo`ladi (Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risida”gi nizom).

Diplomni tan olish“Chet elda olgan diplomlaringiz bilan nostirifikasiya imtihonlarisiz MDH davlatlarida ishlashingiz mumkin”, “Diplom O`zbekistonda tan olinadi”, “Diplom: O`zbekistonga o`tadi”, “Diplom barcha MDH davlatlari, ya`ni “Mustaqil davlatlar hamdo`stligi)ga o`tadi”

Ma`lumot o`rnida: !!! Xorijiy davlatlarda oliy ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatlar – diplomlarni tan olish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qoshidagi hududiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi (Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqida”gi nizom).

O`z navbatida, Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan chet davlatlar oliy o`quv yurtlariga (aksariyat hollarda Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston) o`qishga kirish, ta`lim olish yuzasidan joylashtirilayotgan reklamalarning olib borilgan nazorat tahlilida ba`zilari “Reklama” to`g`risida”gi Qonunga zid holatda joylashtirilayotgani (tarqatilayotgani) ma`lum bo`ldi. Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalari, telegram kanallari va tashqi reklama ob`ektlariga iste`molchilarni chalg`ituvchi, aniq ma`lumotga ega reklama tarqatmasliklari bo`yicha ogohlantiruvchi xatlar yuborilgan.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar