AsosiyJamiyat

“COVID-19”ga qarshi kurashayotgan shifokrolar hamda karantindagilarning ovqatlantirish xarajatlari kamaytirildi

'“COVID-19”ga qarshi kurashayotgan shifokrolar hamda karantindagilarning ovqatlantirish xarajatlari kamaytirildi'ning rasmi

JSSTning tavsiyalariga ko`ra, bemorlar va karantinga olingan shaxslarni ovqatlantirishda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining bayoniga muvofiq, kunlik ovqatlantirish xarajatlari me`yorlashtirishtirildi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Shunga ko`ra, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash tadbirlariga jalb qilingan barcha muassasalar va karantin markazlarida byudjet va Inqirozga qarshi kurashish jag`armasi mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan autsorsing xizmati orqali kunlik ovqatlantirish xarajatlari 2020 yilning 20 avgustidan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 35,0 ming so`mgacha hamda boshqa hududlarda 30,0 ming so`mgacha bo`lgan miqdorda belgilandi.

Ushbu belgilangan narxlardan oshmagan yoki kamroq narxlarda ovqatlantirish tashkillashtirilgan holatlarda, o`sha belgilangan miqdorlarda autsorsing xizmati orqali kunlik ovqatlantirishni etkazib beruvchi xo`jalik sub`ektlari bilan tuzilgan shartnomaga asosan faoliyatni davom ettirish tavsiya etiladi.  

Yuqorida qayd etilgan me`yorlarga muvofiq, autsorsing xizmati orqali etkazib beruvchi xo`jalik sub`ektlari bilan tuzilgan shartnomaga asosan kunlik ovqatlantirish me`yori va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va sog`liq uchun foydaliligi talab darajasida bo`lishiga e`tibor qaratish lozim.

Byudjetdan tashqari va boshqa mablag`lar hisobidan ovqatlantirish tashkil etilganda, kunlik ovqatlantirish xarajatlari miqdorlari erkin narxlarda belgilanishi mumkinligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan kunlik ovqatlantirish me`yorlari qayta ko`rib chiqilishi va natijalari bo`yicha xabardor qilishi ma`lum qilinadi.

Vazirlik bu masala yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berib boradi.

    Boshqa yangiliklar