Ushbu savolga bugun AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Nargiza Nurullaeva quyidagicha javob qaytardi:
"Birinchi navbatda ota-onalar bolalarni koronavirusdan himoyalanish usullariga o`rgatishlari zarur;
- imkon darajasida bolalarni jamoat joylariga olib bormaslik kerak;
- bola virus bilan zararlanmasligi uchun bolaning yaqinlari va o`zi quyidagi tavsiyalarga amal qilishi lozim:
- ijtimoiy masofani saqlash;
- muntazam qo`llarni yuvish;
- antiseptik vositalardan foydalanish;
- ko`chada yuzga qo`l bilan tegmaslik;
- niqob va imkon darajasida qo`lqopdan foydalanish.
Yosh bolalarga ifloslangan qo`llar infeksiya yoki kasallik manbai bo`lishi mumkinligi, ifloslangan qo`llar bilan burunga tegish, ko`zlarni ishqalash, qo`lni og`izga solish aslo mumkin emasligini tushuntirish lozim."






