AsosiyJamiyat

Qibrayda xonadonda saqlanayotgan yirtqich qush hayvonot bog`iga topshirildi

'Qibrayda xonadonda saqlanayotgan yirtqich qush hayvonot bog`iga topshirildi'ning rasmi

2020 yil 19 avgust kuni Davlat ekologiya qo`mitasining ishonch telefoniga Qibray tumanidagi xonadonlarning birida O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan oq bosh qumay (Belogolovy sip- Gyps fulvus) saqlanayotganligi ma`lum qilindi.

Qo`mita axborot xizmati xabar berishicha , holat o`rganilganda, haqiqatan ham bayon etilgan manzilda istiqomat qiluvchi fuqaro U.Abdullaev tomonidan mazkur yirtqich qush tegishli ruxsatnomalarsiz hamda sharoitsiz saqlanayotganligi aniqlandi.  

Ushbu holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirildi, yirtqich qush Toshkent hayvonot bog`iga topshirildi.

    Boshqa yangiliklar