AsosiyJamiyat

Toshent shahridan bir bemor vafot etdi, kasallanganlar soni 144 nafarga ko`paydi

'Toshent shahridan bir bemor vafot etdi, kasallanganlar soni 144 nafarga ko`paydi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi  axborotiga ko`ra, 2020 yil 19 avgust soat 23:30 holatiga O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 37 112 (+144) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 128 nafari Toshkent viloyatida hamda 16 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Uchtepa tumanida yashagan 57 yoshli A.X. (erkak) vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun yurtimizda 721 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog`ayganlar 32 944 nafar (88 foiz)ga etdi.

Hozirda mamlakatimizda 3 920 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar