SSV ma`lum qilishicha shu yilning 19 avgust kuni mamlakatimizda 594 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, shundan 537 nafari tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, qolgan 57 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun mamlakatimizning 11 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarning 721 nafari sog`aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 37 112 nafar bemordan 32 944 nafari sog`ayib chiqdi. Shunday qilib so`nggi 10 kun ichida yurtimizda koronavirusdan sog`ayish ko`rsatkichi 72 foizdan 88 foizga etdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 920 nafar bemordan 330 nafari og`ir, 96 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






