AsosiyJamiyat

Surxondaryoda kovrak terayotgan MChJ xodimlari 15 nafar notanish zo`ravonlar tomonidan kaltaklandi

'Surxondaryoda kovrak terayotgan MChJ xodimlari 15 nafar notanish zo`ravonlar tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

2020 yilning 8 avgust kuni soat 10:00 da Qumqo`rg`on tumani “Saxovat” mahallasidagi tog`li hududda kovrak shirasini yig`ish bilan shug`ullanuvchi MChJning ishchilari 32 yoshli A.B., 39 yoshli Z.M. va A.J., lar ishlayotgan vaqtida, shu joyga 40 yoshli B.Ch. va 41 yoshli X.Ch., lar taxminan 15 nafar notanish fuqarolar bilan birgalikda borib, qo`lida bo`lgan tayoq bilan M.B., A.J. va A.B., larning tanasining turli joylariga urgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi

Zo`ravonlar MChJ ishchilariga turli ko`rinishdagi tan jarohati etkazib, “Bu erda ishlamaysanlar, toqqa qaytib chiqsang o`liging tushadi” - deb, qo`rqitib MChJga tegishli jami 20 dona elim idishdagi qiymati 168 mln. so`m bo`lgan 105 kg. kovrak shirasi va narxi 1.100.000 so`m bo`lgan 20 kg. qovurilib elim idishga solib qo`yilgan qo`y go`shtini hamda 2 dona afg`on pichog`i, ikki dona 100 litr hajmli elim idishlari va A.B., ga tegishli narxi 1.000.000 so`mlik “Samsung J-5” rusumli telefon apparatini tortib olib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Hodisa sodir bo`lgan joyidan bir dona singan holdagi tayoq bo`lagi va bir dona butun holdagi cho`pon tayog`i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qumqo`rg`on tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar