2020 yil 20 avgust soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 37 366 (+254) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 198 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Surxondaryo viloyatida, 17 nafari Namangan viloyatida, 13 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda yana 2 nafari Farg`ona viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 65 yoshli K.K. (erkak) hamda Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 54 yoshli I.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 32 944 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (88 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 4 172 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 330 nafari og`ir, 96 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






