AsosiyJamiyat

Yangiyo`l tumani shifoxonasining holati nochor va dori-darmonlar berilmayaptimi?

'Yangiyo`l tumani shifoxonasining holati nochor va dori-darmonlar berilmayaptimi?'ning rasmi

 Toshkent viloyati Yangiyo`l tumani Tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi yuqumli kasalliklar bo`limining holati "nochor" ahvolda va dori-darmonlar berilmayapti, degan yo`sinda tibbiyot xodimlari tomonidan ijtimoiy tarmoqqa video yo`llangan.  Holat yuzasidan Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

" Aslida yuqumli kasalliklar bo`limi hozirgi kunda ma`nan eskirgan, ya`ni 1975 yilda qurilgan binoda faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu masala 2018 yilda respublikamiz Prezidenti tashrifi chog`ida ko`tarilgan bo`lib, yuqumli kasalliklar bo`limi binosi yaroqsizligi tufayli Yangiyo`l shahar, Toshkent shohko`chasi, 56-uy manzilidagi 4 qavatli zamonaviy binoni kapital rekonstruksiya qilib, ko`chirib o`tkazish rejalashtirilgan.  

Bugungi kunda ushbu binoda ta`mirlash va montaj ishlari 98 foizga yakunlangan bo`lib, atrofi obodonlashtirilgan. Har bir bemor uchun kislorod trubkalari montaj qilingan. Liftlar o`rnatilgan. Fasad va tom yopish ishlari tugallangan.  

 "OZODA MRT" MChJ tomonidan hozirgi kunda binoning ventilyasiya tizimini o`rnatish va ishga tushirish (puskonaladka) ishlari olib borilmoqda.

"Dori-darmon yo`q, berilmayapti" degan jumlalarga  javoban ma`lum qilinishicha, yuqumli kasalliklar bo`limi xodimlari hamda bemorlar uchun ichki dorixona bo`limidan 2020 yil 27 iyul kunidan bugungi kunga qadar 40 turdagi 30,6 million so`mlik dori-darmon va bir martalik tibbiy anjomlar berilgan.  

Shuningdek, SOVID-19 kasalligiga qarshi kurash uchun  Yangiyo`l tumanida 3 oylik dori-darmon zaxirasi yaratilgan. Bo`lim tomonidan 2020 yil 13 avgust kunidan buyon dori vositalari yoki tibbiy anjomlar talab qilib, murojaat etilmagan" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar