AsosiyJamiyat

Sux aholisiga salkam 4,5 mlrd. so`m imtiyozli kreditlar ajratildi

'Sux aholisiga salkam 4,5 mlrd. so`m imtiyozli kreditlar ajratildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 avgustdagi PQ-4798-son 2020-2021 yillarda Farg`ona viloyatining So`x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish qarori qabul  qilingan.  

Ushbu qarorga asosan Xalq banki Sux tuman filiali tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda tuman markazida 24/7 rejimida ishlovchi zamonaviy bank shoxobchasi ochildi.  

Xalq bankining So`x filiali tomonidan aholi bandligini ta`minlash maqsadida “Har bir oila-tadbirkor” davlat dasturi asosida 214 ta loyihaga 4 mlrd. 483 mln. so`mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

Shundan:

- Quychilikni tashkil etish uchun 71 nafar fuqaroga 1 mlrd. 720 mln. so`m;

- Tikuvchilikni rivojlantirishga 54 nafar fuqaroga 749 mln. so`m;

- Akfa eshik-romlar ishlab chiqarish uchun 15 nafar fuqaroga 182 mln. so`m;  

- Ixcham issiqxonalar tashkil etish uchun 25 nafar fuqaroga 294 mln. so`m;

- Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 49 nafar fuqaroga 1 mlrd. 538 mln. so`m.

Natijada tumanda 214 ta yangi ish o`rinlari yaratildi.

 

    Boshqa yangiliklar