AsosiyJamiyat

Dubay Amirligi O`zbekistonga dori vositalari va tibbiy buyumlar yubordi

'Dubay Amirligi O`zbekistonga dori vositalari va tibbiy buyumlar yubordi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotiga ko`ra, O`zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o`rtasidagi o`zaro hamkorlik va do`stona aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning o`tgan yil 24 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi davomida qator sohalar bilan birga tibbiyot yo`nalishida ham ko`p tomonlama hamkorlik bo`yicha kelishib olingan edi.  

Shuningdek, Sog`liqni saqlash vazirligi va Dubay Amirligi hukumatining  O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbariyati o`rtasida imzolangan mamlakatimiz tibbiyot muassasalarini qo`llab-quvvatlash doirasida texnik yordam ko`rsatish bo`yicha o`zaro kelishuv Memorandumida ham qator masalalarga aniqlik kiritilgan.  

Ushbu Memorandum doirasida kuni kecha Dubay Amirligi hukumati tomonidan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligiga umumiy qiymati 723 million so`mga teng bo`lgan koronavirus infeksiyasini davolashda qo`llaniladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar taqdim etildi. Ular orasida o`pkani doimiy ijobiy bosim bilan sun`iy shamollatish rejimi uchun maxsus  niqoblar, tibbiy muolajalarda qo`llanadigan Enoksaparin natriy va Sefoson eritmalari mavjud.

 

    Boshqa yangiliklar