2020 yil 20 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 37 547 (+181) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 177 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 60 yoshli Z.G. (ayol) hamda 72 yoshli A.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
️Ayni paytga qadar yurtimizda 33 261 (+317) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, sog`ayish ko`rsatkichi 88 foizni tashkil qilmoqda.
️Hozirda mamlakatimizning davolash muassasalarida 4 034 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






