Eslatib o`tamiz, avvalroq, O`zbekiston aholisi sentyabr oyida gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash maqsadida hukumat darajasida kerakli chora-tadbirlar olib borilayotgani haqida ma`lum qilingan edi.
Epidemiolog Rustam Ikromovning qo`shimcha tushuntirish berishicha, gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash bo`yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi hozircha reja. Taklif sifatida hukumatga taqdim etilgan.
«Hujjatda vaksinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil etish ishlari ko`zda tutilgan. Agar dastur kuchga kirsa bu ishlarni sentyabrdan boshlash rejalashtirilgan», – dedi mutaxassis.
O`tgan, 2019 yilda 21 ming nafardan ortiq «Muruvvat», «Saxovat» uylarida yashovchi shaxslar hamda mehribonlik, va go`daklar uylarining tarbiyalanuvchilari uchun grippga qarishi vaksinalar tekinga davlat byudjeti hisobidan etkazib berilgan – «Joriy 2020 yilda ham shu toifadagi aholiga vaksinalar davlat tomonidan etkazib berilishi ko`zda tutilgan. Boshqa aholi vakillari o`z hisobidan, tashkilot xodimlari o`sha idora mablag`laridan xususiy vaksina emlash markazlari orqali vaksina olishlari mumkin», – dedi epidemiolog Ikromov.






