Joriy yilning 19 avgust kuni soat 18:30 larda, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani 4R-84 “Yakkabog`-Chiroqchi-Sho`rbozor” avtomobil yo`lining 38-kilometrida haydovchi 1987 yilda tug`ilgan B.E. “Neksiya” rusumli avtomobilni boshqarayotib, quvib o`tish qoidalarini buzishi oqibatida qarshisidan kelayotgan haydovchi 1983 yilda tug`ilgan O.S. boshqaruvidagi “NOWO” rusumli yuk avtomashinasi bilan to`qnashgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Natijada, “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi 33 yoshli B.E. hamda yo`lovchilari 67 yoshli B.X. va 1 yashar A.N.lar og`ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan.
Ushbu avtomobil yo`lovchisi 26 yoshli O.T. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






