AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda qariyani urib o`ldirib qo`yganlikda gumonlanayotgan uchaskavoy ustidan xizmat tekshiruvi o`tkazilyapti

'Qashqadaryoda qariyani urib o`ldirib qo`yganlikda gumonlanayotgan uchaskavoy ustidan xizmat tekshiruvi o`tkazilyapti'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarning “YouTube” saytida e`lon qilingan “Qariyani uyidan ko`chaga olib urib o`ldirib qo`ydi uchaskavoy, formaliklarga qonun” sarlavhali maqola ko`plab muhokamalarga sabab bo`ldi. 

Qashqadaryo viloyati IIB ning ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan o`rganish ishlari olib borilgan.

Ma`lum bo`lishicha 2020 yilning 31 iyul kuni kech soat 23-50 lar atrofida Dehqonobod tumani “Istiqlol” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Karimova Oynisa To`raqulovna ushbu xudud, profilaktika inspektori katta leytenant Qurbonov Muxtor Maxmudovichga qo`ng`iroq qilib, otasi Karimov To`raqul Shofaevich yashash xonadonida spirtli ichimlik iste`mol qilib, janjal qilayotganligini ma`lum qilgan. 

Profilaktika inspektori leytenant Ashurov Alisher Salomovich bilan birga xonadonga borib, tuman IIBga olib ketishini aytib, o`zi bilan birga olib uyidan chiqqanida,  fuqaro Karimov bo`limga bormasligini ma`lum qilgan. Qizi esa otasi o`ziga kelganligini, uyida o`zi nazorat qilishini bildirganligi sababli, profilaktika inspektorlari marhum Karimovni yashash xonadonida qoldirib, xizmat vazifasini bajarishda davom etishgan.

1 avgust kuni tuman Tibbiyot birlashmasi navbatchi feld`sheri Dehqonobod tumani IIBga murojaat qilib, unda Dehqonobod tumani “Istiqlol” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Karimov tan jaroxati olib shifoxonaga tushganligini, u o`zining so`zidan profilaktika inspektori uni urib, tan jaroxati etkazganligini aytayotganligini ma`lum qilgan.

Ushbu xabar yuzasidan Tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida fuqaro Karimov o`zining tushuntirish xatida turli xil ko`rsatmalar berib, gohida yiqilib tushganligini, gohida tuman IIB xodimlari va gohida Milliy gvardiya xodimlari urganligi haqida ko`rsatmalar berayotganligi uchun holat yuzasidan to`plangan hujjatlar 2020 yil 07 avgust kuni Dehqonobod tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Marhum Karimov Turaqul Shofaevich muqaddam to`rt marta jinoiy javobgarlikka, sakkiz marta ma`muriy javobgarlikka tortilgan

Dehqonobod tumani IIB HPB tomonidan 2020 yil 10 iyuldan JIB Dehqonobod tumani sudining qarori bilan bir yil muddatga ma`muriy nazorat o`rnatilib, unga nisbatan tegishli  cheklovlar o`rnatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Qashqadaryo viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va IIV O`z xavfsizligi boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo`yicha bo`limi tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.

Xizmat tekshiruvi davomida, marhum T.Karimovning qizi Karimova Oynisa To`raqulovna o`zining ko`rsatmasida otasi yashash uyida spirtli ichimlik iste`mol qilib, shovqin ko`targanligi sababli ham profilaktika inspektoriga telefon qilib, xabar qilganligini, kelganidan so`ng otasini olib ketmoqchi bo`lganligini, lekin uni urmaganligi va tan jaroxati etkazmaganligini, ammo oila a`zolari va yaqinlari tomonidan marhumni profilaktika inspektori M.Qurbonov urib, tan jaroxati etkazganligi haqida ko`rsatma berishga va guvohlarni chalg`itishga harakat qilinayotganligini ma`lum qilgan.    

Marhumning ukalari va singlisi o`zaro bir birlari bilan kelishgan holda marhum o`lim sababi “Istiqlol” MFYda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori katta leytenant Qurbonov Muxtor Maxmudovich tomonidan urib o`ldirgan degan taxmin bilan video tasvirga olib ijtimoiy tarmoqqa joylagan.

Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bemor T.Karimovni ko`rikdan o`tkazish jarayonida “mastlik darajasining o`rta og`ir darajasi”-tashxisi qo`yilgan.

 Joriy yilning 02 avgust kuni Dehqonobod tumani Tibbiyot birlashmasi qabulxona bo`limida navbatchilikda turgan, TTB ShTYoBda xirurg-shifokor lavozimida ishlab kelayotgan Qurbonov Marat Muzaffarovich shifoxona qabulxonasida ishlab turgan vaqtida T.Karimov qizi O.Karimova bilan birga borib, shifoxonaga murojaat qilib, nafas olishda qiynalayotganligini, ko`krak qafasi chap tomonida shish va og`riq borligini, IIO xodimlari urganligini, kimligini bilmasligini bildirgan. Bemor T.Karimov tibbiy tekshiruvdan o`tkazilganida, “ko`krak qafasi chap tomonidan 9-chi qovurg`a yopiq sinishi, chapdan pnevmotoraks teri osti emfizemasi (teri osti xavo yig`ilishi)”- tashxisi qo`yilib, shifoxonaga yotqizilgan va birinchi yordam ko`rsatilgan.

 Bemor T.Karimov 05.08.2020 yilgacha shifoxonada yotgan va axvoli qoniqarli holatda bo`lganligi uchun, stasionar davolanishni rad etib, o`z ixtiyori bilan shifoxonadan chiqib ketgan.

2020 yil 8 avgust soat 11-00 lar atrofida bemor Karimov takroriy ravishda shifoxonaga murojaat qilgan. Qorin a`zolari UTT tekshiruvidan o`tkazilganida, jigarda reaktiv holat, surunkali xolesistit, chap buyrakda tuzlar kartinasi kuzatilgan. Bemor T.Karimov 8 avgust kuni soat 11-30 lar atrofida rejali xirurgiya bo`limiga “Ko`krak qafasi yopiq shikastlanishi, chapdan 9-chi qovurg`aning yopiq sinishi”-tashxisi bilan yotkizilgan. Standart da`vo muolajalari tavsiya qilinib, navbatchi shifokorlarga topshirilgan.        9 avgust kuni sog`lig`i yomonlashganidan so`ng, tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo`limiga o`tqazilgan va sog`lig`i og`irlashganidan keyin jarroxlik amaliyoti chog`ida “surunkali o`n ikki barmoq ichak yara kasalligi asorati yaraning teshilishi, tarqalgan axlatning yiringli peretonit, o`tkir yurak-tomir etishmovchiligi”- tashxisi bilan vafot etgan.

Afsuski ijtimoiy tarmoqlarda mazkur hodisa yuzasidan asossiz xabarlarni tarqatish holatlari davom etib kelmoqda. Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi yuzasidan tekshiruv ishlarini tamomlab, natijasiga ko`ra to`plangan materiallarni qonuniy qaror qabul qilish uchun prokuratura organlariga yuboradi hamda jamoatchilikka bu haqda aniq ma`lumotlar etkaziladi.     


 

    Boshqa yangiliklar