AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev: Pandemiya Mustaqillik kunida katta yig`in va sayillar o`tkazishni cheklashni talab qilmoqda

'Shavkat Mirziyoev: Pandemiya Mustaqillik kunida katta yig`in va sayillar o`tkazishni cheklashni talab qilmoqda'ning rasmi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tmoqda. 

Tadbirni ochar ekan, davlatimiz rahbari pandemiyani jilovlash doirasida olib borilayotgan ishlarga alohida to`xtalib, Mustaqillik bayramini bunday sharoitda nishonlash yuzasidan ko`rsatmalar berdi.

Yurtimiz mustaqilligining 29 yillik ayyomi ham yaqinlashib kelyapti.

Ushbu masalada shifokorlar bilan maslahat qilgan holda shunday xulosaga kelindiki, pandemiya bilan bog`liq vaziyat bu yil joylarda katta yig`in va sayillar o`tkazishni cheklash talabini qo`ymoqda. Shuning uchun ushbu ulug` sanani ko`proq oila davrasida nishonlashni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Korxona va tashkilotlarda ham bayram tadbirlari rejalashtirilgan taqdirda ularni sanitariya normalariga qat`iy rioya etgan holda o`tkazish maqsadga muvofiqligi ko`rsatib o`tildi.

Ommaviy axborot vositalari va internet tarmog`ida bayram kunlari qiziqarli, yangi formatdagi ko`rsatuvlar, eshittirish va chiqishlar namoyish etish borasida tavsiyalar berildi.

    Boshqa yangiliklar