AsosiyJamiyat

20 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, koronavirus qayd etilganlar soni 37693 (+146) nafarni tashkil etmoqda

'20 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, koronavirus qayd etilganlar soni 37693 (+146) nafarni tashkil etmoqda'ning rasmi

2020 yil 20 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 37693 (+146) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 123 nafari Toshkent viloyatida, 13 nafari Namangan viloyatida hamda 10 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.  

Shu bilan birga, Yangiyo`l tumanida yashagan 68 yoshli M.B. (ayol) hamda Termiz shahrida yashagan 68 yoshli R.B. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.  

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 308 nafar, Toshkent viloyatida 151 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar, Navoiy viloyatida 9 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 7 nafar, Andijon viloyatida 5 nafar hamda Namangan viloyatida 3 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 33442 (+498) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (88 foiz) sog`aygan.  

Hozirda mamlakatimizda 3997 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar