AsosiyJamiyat

Bugun Toshkent shahrida, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida jami 6 nafar virusga chalingan bemor vafot etdi

'Bugun Toshkent shahrida, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida jami 6 nafar virusga chalingan bemor vafot etdi'ning rasmi

Shu yilning 20 avgust kuni mamlakatimizda 581 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, barchasi tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Surxondaryo viloyatida 1, Toshkent viloyatida ham 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Samarqand, Navoiy hamda Andijon viloyatlarida jami 498 nafar bemor sog`aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 37 693 nafar bemordan 33 442 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3997 nafar bemordan 255 nafari og`ir, 66 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar