Respublikamiz hududi bo`ylab turli sabablar bilan yo`l-transport hodisalari sodir bo`lishi davom etmoqda. YTHlarning asosiy sabablaridan biri haydovchilar tomonidan belgilangan qoidalarga amal qilinmasligi, yo`llarda harakatlanish madaniyati etarli emasligi hisoblanadi.
Ana shunday YTHlardan biri 2020 yil 18 avgust kuni Samarqand viloyatida sodir bo`ldi. Ushbu YTHda 4 nafar inson bevaqt hayotdan ko`z yumdi. Bu kabi YTHlar oldini olish, haydovchilarni qoidalarga amal qilishga chaqirish maqsadida targ`ibot avtokarvoni tashkil etildi va Samarqand shahar ko`chalari bo`ylab targ`ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
YTHlar natijasida texnik shikastlangan transport vositalari shahar ko`chalari bo`ylab maxsus evakuatorlarga ortilgan holda aylantirilib, haydovchilar ushbu avtomobillar holatini ko`rishdi va albatta o`zlariga tegishli xulosalar chiqarishdi.








