AsosiyJamiyat

«COVID 19 pandemiyasi davrida bog`chalarning ish faoliyatiga qo`yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigienik talablar e`long qilindi

'«COVID 19 pandemiyasi davrida bog`chalarning ish faoliyatiga qo`yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigienik talablar e`long qilindi'ning rasmi

Hujjatlarni Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o`tkazadi va hisobga oladi.  

 Mazkur hujjat COVID-19 infeksiyasi tarqalish xavfi bilan bog`liq sanitariya-epidemiologik vaziyatda, turi, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat`iy nazar, maktabgacha ta`lim tashkilotlari (MTT)ning ish faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.

Hujjatga ko`ra, MTTga bolalarni qabul qilish vaqtida quyidagi asosiy qoidalarga rioya etish muhim hisoblanadi:

  • tarbiyalanuvchini olib keluvchi va olib ketuvchi shaxs va tarbiyalanuvchilar MTTga tibbiy niqob tartibiga rioya etgan holda boradi;
  • tarbiyalanuvchining olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslarga MTT hududiga kirishi taqiqlanadi;
  • tarbiyalanuvchini MTTning mas`ul xodimi qabul qilib oladi hamda tibbiy xodim tomonidan “ertalabki filtr” o`tkaziladi va ko`rsatkichlar maxsus jurnalga qayd qilinadi;
  • tarbiyalanuvchi “ertalabki filtr”dan o`tgandan keyin guruhga kirishdan oldin tibbiy niqobni echadi, kiyim va poyafzalini almashtiradi, so`ngra MTT xodimi nazorati ostida 20 soniyadan kam bo`lmagan muddatda qo`llarini sovun bilan yaxshilab yuvadi;
  •  MTTda tarbiyalanuvchilarning tana harorati kamida 2 marta (MTTga kelganda va uyga qaytishdan oldin) va ehtiyoj bo`lganda o`lchanadi.

 Shuningdek, hujjatda tarbiyalanuvchilarni xavfsiz ta`lim olishi va tarbiyalanishini tashkil etish chora-tadbirlari ham belgilangan.

 Jumladan, o`yinlarni o`tkazishda tarbiyalanuvchilar guruhi o`zaro munosabatlarni cheklash orqali 2-3 boladan iborat kichik guruhlarga bo`linadi.

Eslatib o`tamiz, Prezidentning tegishli Farmoniga ko`ra, texnik hujjatlar joriy yilning 1 iyulidan e`tiboran Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o`tkaziladi hamda ijobiy xulosa olingandan so`ng hisobga olinadi va kuchga kirad

    Boshqa yangiliklar