AsosiyJamiyat

Jamoat joylarida hijobda yurishga taqiq bekor qilinishi mumkin

'Jamoat joylarida hijobda yurishga taqiq bekor qilinishi mumkin'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining http://parliament.gov.uz veb-saytida yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi qonun loyihasi e`lon qilindi. 

Qonun loyihasini takomillashtirishda jamoatchilik fikrini olish maqsadida loyiha saytning “Jamoatchilik muhokamasiga qo`yilgan qonun loyihalari” rukniga joylashtirilgan.

Shuningdek, ushbu Qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarni demokratkom@parliament.gov.uz manziliga yo`llash mumkin.

Din ishlari bo`yicha qo`mita Matbuot xizmati ushbu qonun loyihasi avvalo, uni ishlab chiqishda qo`shni davlatlar, shuningdek yaqin va uzoq xorijdagi diniy vaziyat, shuningdek, O`zbekiston xalqining ko`p asrlik o`ziga xos tarixi, madaniy-tarixiy an`ana va qadriyatlari inobatga olinganini alohida qayd etdi.

Yangi tahrirdagi Qonun loyihasida quyidagi asosiy yangilik va o`zgarishlar  ko`zda tutilgan :

  • diniy sohadagi qonun hujjatlarida qo`llaniladigan asosiy tushunchalarga ta`rif berildi;

 

  • vijdon erkinligini ta`minlashning va diniy tashkilotlar faoliyatining asosiy prinsiplari belgilandi;

 

  • vijdon erkinligini ta`minlash sohasida davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari belgilab berildi;

 

  •  har bir shaxsning diniy ta`lim muassasalarida professional diniy ta`lim olishi, shuningdek, ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar tomonidan o`z farzandlariga diniy amaliyot asoslari va odob-axloq qoidalarini (uy sharoitida diniy ta`lim berish) o`rgatish huquqi belgilandi;

 

  • diniy tashkilotlarning huquq va majburiyatlari, ularni ta`minlanishining kafolatlari, shu jumladan yuqori turuvchi organ yoki sudga mansabdor shaxslarning diniy tashkilotlarning huquq va erkinliklarini buzuvchi qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bo`yicha ular sudga murojaat qilganda, davlat bojini to`lashdan ozod etilishi mustahkamlab qo`yildi;

 

  • diniy tashkilot rahbarligiga ko`rilayotgan chet ellik fuqaro nomzodini Din ishlari bo`yicha qo`mita bilan kelishish talabi chiqarib tashlandi;

 

  • diniy tashkilot rahbarining O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lishi to`g`risidagi talab bekor qilindi;

 

  •  davlat xizmatlari ko`rsatishning elektron tizimiga o`tish orqali diniy tashkilotni tuzish va ro`yxatdan o`tkazish tartibi o`rnatildi, unga ko`ra quyidagilar belgilandi:

 

  • ·  ro`yxatdan o`tish jarayonida mahalla ishtiroki bekor qilindi;

 

  • diniy tashkilotlarning hujjatlarini notarial tasdiqlash tartibi bekor qilindi;

 

  • diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organi va diniy ta`lim muassasasini ro`yxatdan o`tkazish tartibi soddalashtirildi;

 

  • mahalliy diniy tashkilotni ro`yxatdan o`tkazish uchun talab qilinadigan shaxslar soni 100 tadan 50 tagacha qisqartirildi;

 

  •  ro`yxatga olish organi tomonidan diniy tashkilotni ro`yxatdan o`tkazish uchun hujjatlarni ko`rib chiqish uchun bir oylik muddat belgilandi;

 

  • diniy tashkilotni ro`yxatga olishni rad etilishi mumkin bo`lgan asoslarning to`liq ro`yxati aniqlandi;

 

  • ro`yxatdan o`tkazuvchi organning diniy tashkilot faoliyatini to`xtatib qo`yish va tugatish bo`yicha huquqi chiqarib tashlandi;

 

  • qonun talablarini qo`pol ravishda buzgan taqdirda, diniy tashkilot faoliyatini olti oygacha sud orqali to`xtatib qo`yish instituti joriy etildi.

 

Bundan tashqari, mazkur Qonun loyihasida jamoat tartibini saqlash, boshqa fuqarolarning hayoti, sog`lig`i, axloqi, huquqlari va erkinligini ta`minlash maqsadida diniy sohani davlat idoralari tomonidan tartibga solinishi lozim bo`lgan sabablar tushuntirilgan quyidagi qoidalar o`z aksini topgan:

 

  • ·vakolatli davlat organlari va diniy tashkilotlar o`rtasida jamiyatda dinlararo va millatlararo totuvlikni saqlash bo`yicha munosabatlarni tartibga solish;
  • din davlatdan ajratilganligi prinsipi davlat organlari va diniy tashkilotlar tomonidan bir-birlarining ishlariga o`zaro aralashmaslik shaklida belgilandi, shuning uchun davlat diniy tashkilotlarga biron-bir davlat vazifalarini bajarishni yuklamaydi. Shu bilan birga, davlat konfessiyalarning tinch-totuvlikda yashashiga kafil bo`ladi;
  • diniy sohani tartibga soluvchi davlat idoralarining vakolatlari aniqlab berildi;
  • jamiyatda konfessiyalararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni buzishga ko`maklashuvchi missionerlik va prozelitizmning har qanday ko`rinishlarini cheklash belgilandi;
  • diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizadan o`tkazishdan asosiy maqsad qilib jamiyatda konfessiyalararo totuvlik va diniy bag`rikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zo`ravonlik va boshboshdoqlikka chorlovchi g`oyalarning oldini olish belgilangan.

 

Amaldagi Qonunga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi fuqarolarning (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo`l qo`yilmaydi.

 Muhokama uchun e`lon qilingan ushbu Qonunning yangi tahririda esa diniy marosim va ibodatlarga oid tartib 13-moddada keltirib o`tilgan, ammo unda “jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishga” oid cheklovlar nazarda tutilmagan. Ya`ni amaldagi Qonunning mazkur cheklovga oid qismi chiqarib tashlanmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar