Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotiga ko`ra, bugun ayni paytga qadar mamlakatimizning 4 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarning 367 nafari tuzaldi.
Jumladan, ularning 247 nafari Toshkent shahrida, 102 nafari Toshkent viloyatida, 12 nafari Buxoro viloyatida hamda 6 nafari Andijon viloyatida kasallikdan forig` bo`ldi.
Shunday qilib, ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 33 809 nafar, sog`ayish ko`rsatkichi esa 89 foizni tashkil etmoqda.






