AsosiyJamiyat

3 ta hududda 121 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Toshkentda yana ikki bemor vafot etdi

'3 ta hududda 121 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Toshkentda yana ikki bemor vafot etdi'ning rasmi

2020 yil 21 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 37946 (+121) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV ma`lum qildi.

 Yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Toshkent viloyatida hamda 3 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 74 yoshli O.S. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 59 yoshli G.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

 ️E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar yurtimizda 367 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog`ayganlar 33809 nafarga (89 foiz) etdi.

 Hozirda mamlakatimizda 3879 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar