Ushbu savolga bugun AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva muhim savollarga javob qaytardi:
Juda dolzarb savol. Koronavirus infeksiyasi qon aylanishi tizimiga turli ta`sirga ega. Eng asosiysi — qon quyulishi hisoblanadi.
Afsuski shifokorlarimiz bemorning to`liq holati va mavjud patologiyalarini hisobga olmay, uzoq vaqt qabul qilishga «Aspirin» dorisini tayinlashadi.
Har qanday dori vositasini tayinlashdan avval qon tahlilini o`tkazish va ushbu guruhdagi preparatlarni tayinlash qanchalik zarurligini aniqlash zarur.
Agar tahlil natijalariga ko`ra, shifokor ushbu guruhdagi dori vositalarini tayinlagan bo`lsa, Siz shifokor nazoratida bo`lishingiz kerak. Agar biror qarshi ko`rsatmalar paydo bo`lsa, shifokorga murojaat qilishingiz va dori vositasini bekor qilish yoki boshqasiga almashtirishni kelishishingiz mumkin.






