AsosiyJamiyat

Test bo`layotgan vaqtda ob-havo yomonlashsa test boshqa kunga ko`chiriladi

'Test bo`layotgan vaqtda ob-havo yomonlashsa test boshqa kunga ko`chiriladi'ning rasmi

DTM boshqarma boshlig`i Diyorbek Qo`chqorov ob-havo yomon bo`lgan sharoitda qanday choralar ko`rilishi haqida ma`lumot berdi.

Aytishlaricha, agar oldindan ob-havo yomonlashib, shamol, yomg`ir bo`lishi ehtimoli bo`lsa, o`sha joylarda mas`ul tashkilotlar tegishli choralarni ko`rmoqda. O`sha maydon, abiturientlar test topshirishi kerak bo`lgan joylarning ustini yopish uchun amaliy ishlar qilinmoqda.

“Bitta hudud bo`yicha shamol va yomg`ir yog`ishi aniq bo`lsa, ma`lumotlar berilgan bo`lsa, abiturientlarga SMS-xabarlar jo`natiladi. Shu kungi test boshqa kunga, ya`ni barcha imtihonlar tugagandan keyingi kunlarga ko`chiriladi.”, – dedi D.Qo`chqorov.

    Boshqa yangiliklar