Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilishicha, 2020 yil 21 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 38 074 (+128) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 116 nafari Toshkent viloyatida hamda 12 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 69 yoshli R.M. (ayol) hamda Zangiota tumanida yashagan 47 yoshli R.Yu. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 382 nafar, Toshkent viloyatida 123 nafar, Buxoro viloyatida 12 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 6 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar hamda Namangan viloyatida ham 3 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 33 989 (+547) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 825 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






