AsosiyJamiyat

Davolanayotgan 3 825 nafar bemordan 277 nafari og`ir, 96 nafari esa o`ta og`ir ahvolda

'Davolanayotgan 3 825 nafar bemordan 277 nafari og`ir, 96 nafari esa o`ta og`ir ahvolda'ning rasmi

SSV xabariga ko`ra, 2020 yil 21 avgust kuni mamlakatimizda 381 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, barchasi tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Xorazm, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Namangan viloyatlarida jami 547 nafar bemor sog`aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 38 074 nafar bemordan 33 989 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 825 nafar bemordan 277 nafari og`ir, 96 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar