AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklarni vatanga qaytarish maqsadida Rostovga navbatdagi poezd jo`nab ketdi

'O`zbekistonliklarni vatanga qaytarish maqsadida Rostovga navbatdagi poezd jo`nab ketdi'ning rasmi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq Rossiya Federasiyasining Rostov viloyatidan yurtdoshlarimizni olib kelish maqsadida temir yo`l reysi tashkil etilmoqda. Bu haqda Transport vaziriligi xabar bermoqda. 

Rossiya va Qozogiston tomoni bilan kelishuvga binoan,  O`zbekiston fuqarolarini yo`lovchi poezdlari orqali olib kelish maqsadida Toshkent – Rostov-Don – Toshkent yo`nalishi bo`yicha navbatdagi maxsus temir yo`l reysi tashkil etilmoqda.

Ushbu yo`nalish bo`yicha temir yo`l qatnovini amalga oshiruvchi poezd 19 avgust kuni Toshkentdan jo`nab ketdi. Gnilovskaya – Toshkent yo`nalishida ushbu poezd orqali 918 nafar hamyurtimiz 26 avgust kuni  O`zbekistonga olib kelinadi.

Mazkur yo`lovchi poezdi yo`l davomida faqat texnik ko`rik uchun to`xtatiladi, ya`ni stansiya-vokzallarda yo`lovchilarning platformaga tushishiga ruxsat etilmaydi.

Poezd O`zbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Sog`liqni saqlash vazirligi xodimlari kuzatuvi ostida olib kelinadi.

Ushbu reysda olib kelingan yo`lovchilar Namangan viloyatining karantin zonalariga yuboriladi, deyilmoqda rasmiy xabarda.

    Boshqa yangiliklar